AXBOROT XAVFSIZLIGI SOHASIDA SUNIY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

13 июл 2026 DOI: 10.63407/738884 NUGMAN NUGMANOV,VENERA SAYFULLAYEVA

Annotatsiya:

Xalqaro huquq doirasida sunʼiy intellektni (SI) huquqiy tartibga solish va uning qoʻllanilishini boshqaradigan etik standartlarni ishlab chiqish eng dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Axborot xavfsizligi sohasida SIni tartibga solish masalasini oʻrganishda bir qancha asosiy muammolar yuzaga keladi: algoritmlar va neyron tarmoqlarini ҳimoya qilish, maʼlumotlarning shaffoflik darajasi, SI va axborot agentlarining ishlashi hamda javobgarligi, ChatGPT va boshqa chat-botlardan foydalanishning xavfsizlik oqibatlari, SIga asoslangan robototexnika hamda yangi SI texnologiyalarining raqamli davrda inson huquqlariga taʼsiri, xalqaro javobgarlik masalalari va axborot xavfsizligining kengroq chaqiriqlari. Ushbu maqolaning maqsadi turli davlatlarning yondashuvlarini har taraflama tahlil qilish va Oʻzbekiston uchun ilmiy asoslangan, mamlakat qonunchiligi va huquqiy normalariga mos keladigan hamda zamonaviy talablarga javob beradigan oʻziga xos milliy yondashuvni taklif qilish boʻyicha xulosalar berishdan iborat. Xulosada axborot xavfsizligi sohasida sunʼiy intellektga nisbatan xalqaro-huquqiy yondashuvni belgilash uchun huquqiy baza boʻyicha keng sharh berilgan. Shuningdek, axborot xavfsizligi sohasida sunʼiy intellekt boʻyicha xalqaro-huquqiy yondashuvlarni rivojlantirishdagi xalqaro huquqiy boʻshliqlar sabablari hamda huquqiy yondashuvni ishlab chiqish boʻyicha taklif va xulosalar taqdim etiladi.

Kalit soʻzlar: sunʼiy intellekt; xalqaro huquqiy tartibga solish; SIga yondashuvlar; SI prinsiplari, axborot xavfsizligi; Chat GPT; neyron tarmoqlar; maʼlumotlar shaffofligi; algoritmlarni ҳimoya qilish; chat-botlar, raqamli davrda inson huquqlari; SIga asoslangan robototexnika; algoritmik gallyutsinatsiya; huquqiy gipotezalar; kiberxavfsizlik; regulyativ qumdon (sandbox); yuqori xavfli SI tizimi.

Izohlar