AQSH VA YAPONIYA «YUMSHOQ KUCH» MODELLARINING QIYOSIY TAHLILI

08 апрел 2026 DOI: 10.63407/700193 Karimov Abdugani

Annotatsiya:

Bugungi kunda zamonaviy jamiyat axborot jamiyatining "toʻrtinchi toʻlqini"da turgan bir paytda, "yumshoq kuch" tushunchasi ham rivojlanib, xalqaro siyosat prizmasi orqali koʻrib chiqilayotganini koʻrishimiz mumkin. Bunga bir nechta asosiy sabablar xizmat qilmoqda. Jozef Nay tomonidan 1990-yilda kiritilgan "yumshoq kuch" konsepsiyasi majburlash oʻrniga jozibadorlik orqali boshqalarga taʼsir oʻtkazish qobiliyatini anglatadi. Ushbu konsepsiyaning asoschisi sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlari bu yoʻnalishda dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biridir. Madaniy nuqtai nazardan AQSH bilan oʻxshashliklarga qaramay, oʻz madaniy oʻzligini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan va hatto AQSHdan farq qiluvchi "yumshoq kuch"ning oʻz yoʻlidan borayotgan Sharq mamlakati — Yaponiya tajribasi ushbu ishda tahlil qilingan. Maqolada har ikki mamlakatning "yumshoq kuch" sohasidagi asosiy vositalari, shuningdek, ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilinib, ular asosida Oʻzbekistonning "yumshoq kuch" modelini barpo etish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

Kalit soʻzlar: Yumshoq kuch, madaniyat, AQSH, Yaponiya, Oʻzbekiston, madaniy taʼsir.

Izohlar