TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI (TDT) VA JANUBIY KOREYA OʻRTASIDAGI HAMKORLIK IMKONIYATLARI

08 апрел 2026 DOI: 10.63407/700188 DONG SEOK KIM

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqotning maqsadi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) va Janubiy Koreya o'rtasidagi hamkorlik istiqbollarini tahlil qilishdan iborat. Unda TDTning shakllanishi va rivojlanishi ko'rib chiqiladi, shuningdek, turkiy davlatlar va Janubiy Koreya o'rtasidagi mavjud diplomatik munosabatlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda rivojlanib borayotgan turli hamkorlik diskurslarini va ularning negizida yotgan institutsional va siyosiy ramkalarni o'rganish orqali tadqiqot TDT va Janubiy Koreya o'rtasidagi hamkorlik qanchalik institutsionallashtirilishi va amalda amalga oshirilishi mumkinligini har tomonlama baholaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, keng muhokama qilinadigan til, tarixiy va madaniy aloqalardan tashqari, TDT va Janubiy Koreya mazmunli hamkorlikni ilgarilash uchun ko'plab asoslarga ega, jumladan, do'stona diplomatik munosabatlarning to'plangan tajribasi, madaniy alaqalarning aniq misollari, yuqori darajadagi siyosiy almashinuvlarning uzviyligi va "TDT+" kabi formatlarning paydo bo'lishi shular jumlasidandir.

Kalit so'zlar: Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT), turkiy davlatlar, Janubiy Koreya, turkiy dunyo, xalqaro munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik, ko'p tomonlama hamkorlik, O'zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari, fanlararo ilmiy tadqiqotlar.

Izohlar