TOLIBONNI TAN OLISH: HUQUQIY VA SIYOSIY JIHATLAR
Muallif:
Alisher Rahimov — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xalqaro hamjamiyat mamlakatlarining 2021-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Afg'onistondagi Tolibon hukumatiga bo'lgan munosabati va yondashuvlari o'rganiladi. Bu voqea ichki, mintaqaviy va global oqibatlarga ega bo'lgan muhim voqelikdir. Tolibon hukumatini tan olish masalasini hal qilishda asosiy tashqi subyektlar Afg'onistonga tutash mintaqalardagi strategik hisob-kitoblar, siyosiy qadriyatlar va uzoq muddatli tashqi siyosat maqsadlariga tayanib, ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqdalar. Afg'onistonda o'z manfaatlariga ega bo'lgan davlatlar shartli ravishda ikki lagerga bo'lingan. Bir tomondan, G'arb davlatlari guruhi Tolibon hukumati bilan hamkorlik qilish va uni tan olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda; boshqa tomondan esa mintaqaviy kuchlar AQSh va uning ittifoqchilari qoldirgan strategik bo'shliqni Tolibon bilan faolroq hamkorlik qilish orqali to'ldirishga harakat qilmoqda.
Kalit so'zlar: Afg'oniston Islom Amirligi, Tolibon, xalqaro huquq, de-yure tan olish, de-fakto tan olish, xalqaro hamjamiyat, Markaziy Osiyo.