O‘zbekiston eksportini diversifikatsiya qilish jarayonida ishlab chiqarish salohiyatining tezlashuvi (Xalqaro Munosabatlar (6 / 2025 №112))

06 май 2025 DOI: 10.63407/611033 Gavxar Sultanova

Annotatsiya:

Maqolada UNCTADning Ishlab chiqarish salohiyati indeksi (PCI) toifalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni tahlil qilish orqali Oʻzbekistonning ishlab chiqarish salohiyati baholanadi. Tahlil Oʻzbekistonning ishlab chiqarish salohiyati va eksportni diversifikatsiya qilish imkoniyatlariga taʼsir koʻrsatadigan mavjud muammolar hamda cheklovlarni yoritib beradi. Olingan natijalar asosida ushbu muammolarni hal etish va eksport diversifikatsiyasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha aniq tavsiyalar berilgan. Eksport diversifikatsiyasini jadallashtirish uchun iqtisodiy siyosatning turli sohalarida muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan kompleks yondashuv zarur. Bunday yondashuv mavjud ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish hamda barqaror iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish imkonini beradi.

Kalit soʻzlar: Eksport diversifikatsiyasi; ishlab chiqarish salohiyati; inson kapitali; xususiy sektor; institutlar; Oʻzbekiston.

Izohlar