MILLIY XAVFSIZLIK SOHASIDA YANGI HUQUQ VA QONUNCHILIK SHAXSINI SHAKLLANTIRISH (Xalqaro munosabatlar 5-6 / 2022)

21 апрел 2025 DOI: I.Babokulov

Annotatsiya:

Ushbu maqolada milliy xavfsizlik sohasida jamoatchilik munosabatlarini huquqiy tartibga solish, sohaga oid qonunchilik hamda yangi kompleks huquq tarmogʻining shakllanishi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif milliy xavfsizlik tushunchasining evolyutsiyasi, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining mutanosibligini taʼminlash mexanizmlari hamda konstitutsiyaviy-huquqiy poydevorni takomillashtirish masalalarini oʻrganadi. Tadqiqotda milliy xavfsizlik huquqining sohaga oid manbalari, xalqaro-huquqiy va milliy normativ-huquqiy hujjatlar tizimi hamda ushbu sohada kompleks huquq tarmogʻini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asoslab berilgan.

Kalit soʻzlar: Milliy xavfsizlik, Huquq tarmogʻi, Qonunchilik, Milliy manfaat, Konstitutsiyaviy tuzum, Davlat suvereniteti, Huquqiy tartibga solish, Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi.

Izohlar