Annotatsiya:
Dunyo boʻylab ortib borayotgan siyosiy keskinlik sharoitida siyosiy jarayonlarning rivojlanishi nafaqat alohida davlatlar oʻrtasidagi, balki butun boshli mintaqalar va hamjamiyatlar oʻrtasidagi munosabatlarda geosotsial, madaniy, sivilizatsiyaviy hamda boshqa qarama-qarshiliklar prizmasida boʻlinish (fragmentatsiya) kuchayganidan dalolat beradi. Ukraina inqirozi, Janubiy Kavkaz va Yaqin Sharq atrofidagi voqealar nafaqat jahon siyosatining tizimli-tuzilmaviy hamda subtizimli asoslari butun arxitekturasining transformatsiyasini, balki zamonaviy xalqaro munosabatlarda tashqi siyosiy modellar va yondashuvlarni tushunish va rivojlantirishdagi paradokslar almashinuvini ham namoyon etmoqda. Xalqaro rivojlanishni tushunishning ana shunday modellaridan biri sifatida oʻyinlar nazariyasi tan olingan.
Kalit soʻzlar: Xalqaro munosabatlar modellari, Geopolitika, Xalqaro munosabatlar tizimi, Strategik tahlil, Qaror qabul qilish jarayoni, Mahbus dilimmasi.