MARKAZIY OSIYO MINTAQAVIY VA GLOBAL SAVDODA: 2000–2025 YILLARDAGI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

13 июл 2026 DOI: 10.63407/738882 Ibragim Mavlanov

Annotatsiya:

Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi savdosining asosiy muammosi mintaqa eksportining jahon eksportidagi ulushi pastligidir. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari eksportining jahon eksportidagi ulushini boshqa mamlakatlar bilan qiyosiy tahlil qilish, mintaqa uchun ushbu yangi imkoniyatlarni ochib berish va mintaqada oʻzaro savdoni hamda jahonda eksportni oshirish salohiyatini tahlil qilish tadqiqotimizning muhim yoʻnalishi hisoblanadi. Shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdosini rivojlantirish, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida oʻzaro eksport va savdoni oshirish, shu orqali global bozorlar bilan aloqalarni mustahkamlash zarurligini koʻrsatib berish muhimdir. Tadqiqot muammosi Markaziy Osiyo savdosining dinamik oʻsishi va mintaqaning global eksportdagi hali ham cheklangan ulushi oʻrtasidagi tafovutdadir. Maqolada mintaqaviy savdo hamkorligi va Oʻzbekiston iqtisodiy diplomatiyasi mintaqaning global savdodagi oʻrnini yaxshilashga hissa qoʻshgani oʻrganiladi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi savdo dinamikasining statistik qiyoslanishini mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik mexanizmlari tahlili bilan birlashtirishga boʻlgan urinishidadir.

Kalit soʻzlar: Markaziy Osiyo, Oʻzbekiston, xalqaro savdo, eksport, import, jahon eksporti, eksport ulushi.

Izohlar