Annotatsiya:
Ushbu taqrizda taniqli siyosatshunos, sharqshunos va madaniyatshunos olima, fan doktori Shakhnoza Ganiyevaning "Oʻzbekistonning 'yumshoq kuch' diplomatiyasida meros omili. Maʼnolar hududi" (Heritage as a Factor in Uzbekistan’s Soft Power Diplomacy. A Territory of Meanings) nomli monografik tadqiqoti ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Taqrizchi muallifning Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy resurslarini davlatning tashqi siyosatdagi ijobiy imidjini shakllantirish ile "yumshoq kuch" instrumentiga aylantirish konsepsiyasini yuqori baholaydi. Ishda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Turkiya va Fransiya muzeylari hamda kutubxonalarida saqlanayotgan noyob oʻzbek qoʻlyozmalari va sanʼat asarlarining tahlili, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning madaniy diplomatiya sohasidagi institutsional islohotlari (Tadbirlar, Islom sivilizatsiyasi markazi, "Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida" loyihasi) atroflicha yoritib berilgan. Monografiya madaniy diplomatiya, xalqaro munosabatlar va sharqshunoslik sohalari uchun qimmatli ilmiy va amaliy manba hisoblanadi.
Kalit soʻzlar: Taqriz, Shakhnoza Ganiyeva, yumshoq kuch, madaniy diplomatiya, Oʻzbekiston madaniy merosi, qoʻlyozmalar, xalqaro munosabatlar, Sharqshunoslik, Islom sivilizatsiyasi markazi.