Annotatsiya:
Ushbu maqolada 2025-yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasining "Termiz" Xalqaro savdo markazida boʻlib oʻtgan "Termiz muloqoti" birinchi mintaqalararo forumining natijalari va ahamiyati tahlil qilinadi. Forum Oʻzbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining "Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash" toʻgʻrisidagi rezolutsiyasining amaliy roʻyobi boʻldi. Munozaralarda savdo-iqtisodiy munosabatlar, transport va energetika sohasidagi hamkorlik hamda barqaror rivojlanish, jumladan, suv resurslarini boshqarish masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi. Afgʻonistonning mintaqaviy bogʻliqlikni taʼminlashdagi kalit boʻgʻin sifatidagi roliga alohida toʻxtalindi. Maqolada mintaqalararo hamkorlikni institutsionallashtirish mexanizmlari, transchegaraviy infratuzilma salohiyati va Yevroosiyo makonida barqaror integratsiya istiqbollari koʻrib chiqiladi. Termiz oddiy logistika markazidan mintaqaviy barqarorlik va hamkorlikning geoiqtisodiy platformasiga aylanib, xalqaro muloqotning yangi habi sifatida namoyon boʻlmoqda. Tadqiqot forum davomida toʻplangan rasmiy hujjatlar, ekspertlar maʼruzalari va statistik maʼlumotlarga asoslangan hamda mintaqalararo hamkorlikning yangi modellarini baholash uchun akademik bazani boyitishga qaratilgan.
Kalit soʻzlar: Termiz muloqoti, mintaqalararo integratsiya, Markaziy–Janubiy Osiyo bogʻliqligi, Afgʻonistonning iqtisodiy integratsiyasi, Oʻzbekistonning geoiqtisodiy roli, xalqaro logistika, Oʻzbekiston geostrategiyasi, Afgʻonistonda siyosiy barqarorlashuv, mintaqaviy muloqotni institutsionallashtirish.