Annotatsiya:
Xalqaro transchegaraviy jinoyatchilik butun dunyoga tahdid solmoqda hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tarmoqlari uning tarqalishiga asosiy hissa qoʻshmoqda. Kiberjinoyatchilik ming yilligimizning jadal rivojlanayotgan global muammolaridan biriga aylandi, buni dunyo statistikasi hamda butun boshli davlatlarga iqtisodiy va siyosiy jihatdan yetkazilayotgan zarar koʻlami tasdiqlaydi. "Kiberurush", "kiberterrorizm" va "kiberjosuslik" atamalarining paydo boʻlishi ham tahdidlar koʻlamini koʻrsatadi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda kuchlarni birlashtirish zarurligidan dalolat beradi. Maqolada kiberjinoyatlarni tergov qilish va ushbu sohada xalqaro soʻrov hamda huquqiy yordam mexanizmlarini takomillashtirishda xalqaro hamkorlikning oʻziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: kiberjinoyatchilik, kibertahdid, xalqaro hamkorlik, xalqaro hujjat, xalqaro soʻrov, transchegaraviy jinoyatchilik.