Kamoliddin Behzod: madaniy merosni shakllantirish (Xalqaro Munosabatlar (6 / 2025 №112))

06 май 2025 DOI: 10.63407/611038 Shaxnoza Ganieva

Annotatsiya:

Kamoliddin Behzod Temuriylar Renessansi davrining yetuk miniatyurachi rassomi boʻlib, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning qadimiy davlatlarida ijod qilgan mashhur rassomlarning butun bir avlodini qoldirdi. Inkor etib boʻlmaydigan novator boʻlmish Behzod tomonidan rivojlantirilgan miniatyura anʼanalari Sharq qoʻlyozmalarini bezash orqali keng tarqaldi va Gʻarb tasviriy sanʼatida sharqshunoslik (oriyentalizm) yoʻnalishining rivojlanishida muhim rol oʻynadi. Kitobat sanʼatining oltin davrida yashagan Sharq miniatyurasining buyuk ustasi Kamoliddin Behzod (taxminan 1455–1536) Temuriylar imperiyasini oʻrganayotgan koʻplab mualliflar, tarixchilar va sanʼatshunoslarning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Maqolada muallif Temuriylar davriga mansub ushbu miniatyurachining Eron, Hindiston va Turkiyada saqlanayotgan merosini atroflicha tahlil qiladi hamda dahiy usta tomonidan ishlab chiqilgan badiiy prinsiplarni tizimlashtiradi. Yillar davomida olimlar Behzod hayotiga oid tarixiy faktlar, uning va shogirdlari sanʼatining rivojlanish qonuniyatlari boʻyicha boy materiallar toʻpladilar. Behzod sanʼatini uch davrga boʻlish mumkin: 1480–1487, 1488–1510 va 1510–1535-yillar. Sharq miniatyurasining eng taniqli tadqiqotchilaridan biri Ebadolla Bahariy boʻlgan. Bahariyning Behzod sanʼati haqidagi tadqiqotiga soʻzboshini mashhur nemis sharqshunosi, Marburg universiteti arabshunoslik va islomshunoslik professori Annemarie Schimmel (1922–2003) yozgan. Bahariy tomonidan miniatyuralarning Behzod qalamiga mansubligi (atributsiya) masalasi qoʻshimcha ilmiy ekspertizani talab etadi, bu bahoni Behzod merosini oʻrganayotgan koʻplab tadqiqotchilar ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Kalit soʻzlar: miniatyura, rassom, qoʻlyozmalar, tadqiqot, Oriyentalizm, Renessans, Temuriylar.

Izohlar