Yaqin Sharq mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini belgilovchi omillar (Xalqaro Munosabatlar (6 / 2025 №112))

06 май 2025 DOI: 10.63407/611034 Gulnora Raimova & Bakhtiyorjon Fayzullaev

Annotatsiya:

Ushbu maqola Yaqin Sharq mamlakatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TXXI) oqimiga taʼsir qiluvchi omillarni tahlil qilishda avtoregressiv taqsimlangan lag modelini (ARDL) qoʻllashni oʻrganadi. Maqolada TXXI, yalpi ichki mahsulot (YIM), aholi soni, umr koʻrish davomiyligi, tovar savdosi, siyosiy barqarorlik hamda korrupsiyani nazorat qilish koʻrsatkichlaridan foydalangan holda, ushbu oʻzgaruvchilar va TXXI oqimi oʻrtasidagi qisqa va uzoq muddatli bogʻliqliklar tahlil qilingan. Simulyatsiya natijalari oʻrganilgan omillarning joriy va oʻtmishdagi qiymatlari mintaqadagi TXXI oqimiga sezilarli taʼsir koʻrsatishini anglatadi. Xususan, joriy yildagi kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi, korrupsiyani nazorat qilish indeksi, aholi soni hamda oʻtgan davrlardagi siyosiy barqarorlik indekslarining oshishi TXXI oqimiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Aksincha, oʻtgan davrlardagi YIM darajasining oshishi salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, oʻtmishdagi TXXI oqimlarining ularning joriy darajalariga ijobiy taʼsiri aniqlandi, bu esa dastlabki investitsiyalar keyingi investitsiyalarni jalb qiluvchi sharoitlarni yaxshilashini koʻrsatadi. Maqola Yaqin Sharq mamlakatlarida TXXI dinamikasini tushunishga hissa qoʻshib, xorijiy kapitalni jalb qilish sharoitlarini optimallashtirishni maqsad qilgan siyosatchilar va investorlar uchun qimmatli maʼlumotlarni taqdim etadi.

Kalit soʻzlar: Avtoregressiv taqsimlangan lag modeli, Yaqin Sharq, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar.

Izohlar