Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish (Xalqaro Munosabatlar (6 / 2025 №112))

06 май 2025 DOI: Feruza Eshmatova & Aziz Yuldashev

Annotatsiya:

Maqolada soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan salmoqli islohotlar hamda bu alohida ehtiyojli guruhlar manfaatlarini himoya qilishda Milliy Ombudsmasning ustuvor faoliyat yoʻnalishlari tahlil qilinadi. Ushbu sohadagi milliy qonunchilik bazasi tubdan takomillashtirilib, 2020-yil oktyabr oyida “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi, 2021-yilda esa BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Maqolada ushbu insonparvarlik maqsadlarini amaliyotga izchil joriy etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarning ahamiyati hamda ijtimoiy siyosat mexanizmlari ilmiy jihatdan yoritilgan.

Kalit soʻzlar: Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari, Oʻzbekiston, Ombudsman, Milliy parlament, Qonunchilik tizimi, Ijtimoiy siyosat, Kasaba uyushmalari.

Izohlar