Annotatsiya:
Maqolada bugungi kunda Saudiya Arabistoni duch kelayotgan eng dolzarb muammo — Saudiya davlatchiligi va jamiyatining oʻzagini tashkil etuvchi dinni isloh qilish zarurati muhokama qilinadi. Muallif ilmiy-tadqiqot muammosini quyidagicha ilgari suradi: diniy islohotlar Saudiya jamiyatini liberalizatsiya qilish va demokratlashtirishga olib keladimi hamda ular Qirollikni modernizatsiya qilishning tub muammolarini hal eta oladimi, chunki ushbu sohadagi sifat oʻzgarishlari davlatning siyosiy tizimi uchun yemiruvchi (destruktiz) xarakterga ega boʻlishi ham mumkin.
Kalit soʻzlar: Saudiya Arabistoni, Moʻtadil islom davlati, Diniy islohotlar, Jamiyatdagi oʻzgarishlar, Jamiyatni modernizatsiya qilish.